Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Davlat qimmatli qoğozlari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 35–36-b. — ziyouz.com

    Davlat qimmatli qoğozlari - byudjet kamomadini qoplaş maqsadlarida hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan çiqarilgan va albatta xukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qoğozlar. Amal qiliş muddatlariga köra turlari: qisqa muddatli obligatsiyalar — xazina veksellari (bir haftadan 1 y.gaça), örta muddatli — notalar (1 yildan 5 yilgaça), uzoq muddatli — bonlar (5 yildan ortiq). Yana aholi jamğarmalarini jalb qiliş maqsadlarida çiqariladigan jamğarma bonlar, sertifikatlar singari D.q.q. ham mavjud. D.q.q. istalgan vaqtda tölov uçun taqdim qilinişi mumkin, biroq muddati tölmagan qimmatli qoğozlar uçun tulov foizi past böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАВЛАТ ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАРИ - бюджет камомадини қоплаш мақсадларида ҳукумат ёки маҳаллий ҳокимият идоралари номидан чиқарилган ва албатта хукумат томонидан кафолатланган қимматли қоғозлар. Амал қилиш муддатларига кўра турлари: қисқа муддатли облигациялар — хазина векселлари (бир ҳафтадан 1 й.гача), ўрта муддатли — ноталар (1 йилдан 5 йилгача), узоқ муддатли — бонлар (5 йилдан ортиқ). Яна аҳоли жамғармаларини жалб қилиш мақсадларида чиқариладиган жамғарма бонлар, сертификатлар сингари Д.қ.қ. ҳам мавжуд. Д.қ.қ. исталган вақтда тўлов учун тақдим қилиниши мумкин, бироқ муддати тўлмаган қимматли қоғозлар учун тулов фоизи паст бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.