Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Davlat ramzlari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 26–27-b. — ziyouz.com

    Davlat ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi b-n çambarças boğliqdir. D.r. mustaqil davlatning muhim taşqi belgilarini özida mujassamlantiradi. D.r.da xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. D.r. konstitutsiya yoki maxsus qonun b-n belgilab qöyiladi. Davlat bayroği, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boşliğining ştandarti (bayroği), davlat muxri, davlat şiori asosiy D.r. hisoblanadi. «Özbekiston Respublikasi» nomi, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, özbek tili, Özbekistonning öz bayroği, gerbi, madhiyasi, poytaxti (Toşkent şaxri), Özbekistonning davlat mukofotlari va unvonlari, milliy valyutasi(söm), umumxalq bayramlari mustaqil özbek davlatining yorqin timsollaridir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАВЛАТ РАМЗЛАРИ — муайян бир давлатнинг миллий суверенитетини ифодалайдиган, тарихан таркиб топган алоҳида, энг муҳим белгилари. Улар бевосита халқ, миллат ҳаёти, анъаналари, руҳияти, фольклори, тарихи б-н чамбарчас боғлиқдир. Д.р. мустақил давлатнинг муҳим ташқи белгиларини ўзида мужассамлантиради. Д.р.да халқнинг азалий орзуси, эзгу ниятлари, бугунги ҳаёт мазмуни акс этади. Д.р. конституция ёки махсус қонун б-н белгилаб қўйилади. Давлат байроғи, давлат герби, давлат мадҳияси, давлат ранглари, давлат бошлиғининг штандарти (байроғи), давлат мухри, давлат шиори асосий Д.р. ҳисобланади. «Ўзбекистон Республикаси» номи, Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, ўзбек тили, Ўзбекистоннинг ўз байроғи, герби, мадҳияси, пойтахти (Тошкент шахри), Ўзбекистоннинг давлат мукофотлари ва унвонлари, миллий валютаси(сўм), умумхалқ байрамлари мустақил ўзбек давлатининг ёрқин тимсолларидир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.