Davlat xaridi
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 34-b. — ziyouz.com
Davlat xaridi — byudjet mablağlari hisobiga hukumat yoki davlat idoralari tomonidan sotib olinadigan, mamlakatda yoki çet ellarda işlab çiqarilgan tovarlar va xizmatlar. Bunday xarid davlat tomonidan davlatning öz ehtiyojlari (mas, uskuna-jihozlar, qurol-yaroğ sotib oliş), aholi iste'molini ta'minlaş va davlat zaxiralarini (don, oziq-ovqat va b. xaridi) yaratiş maqsadlarida amalga oşiriladi. Mamlakatning özida işlab çiqarilayotgan sanoat tovarlari va yetiştirilayotgan q.x. mahsulotlarini xarid qilişda davlat ma'lum narxlar belgilaydi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДАВЛАТ ХАРИДИ — бюджет маблағлари ҳисобига ҳукумат ёки давлат идоралари томонидан сотиб олинадиган, мамлакатда ёки чет элларда ишлаб чиқарилган товарлар ва хизматлар. Бундай харид давлат томонидан давлатнинг ўз эҳтиёжлари (мас, ускуна-жиҳозлар, қурол-яроғ сотиб олиш), аҳоли истеъмолини таъминлаш ва давлат захираларини (дон, озиқ-овқат ва б. хариди) яратиш мақсадларида амалга оширилади. Мамлакатнинг ўзида ишлаб чиқарилаётган саноат товарлари ва етиштирилаётган қ.х. маҳсулотларини харид қилишда давлат маълум нархлар белгилайди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.