Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Davrapoya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 43-b. — ziyouz.com

    Davrapoya — 1) davralar qatoridan tuzilgan bezak, şakl; 2) davra ravoqning şokilador bölaklaridan taşkil topgan turi. Kiriş toqi (arki)ning umumiy nomi. D. peştoqiga jimjimador bezaklar işlanadi. Ba'zan kungurali, gulçambar nusxa naqş bitilgan toqilar, yon qirralari va çekkasiga bezak işlangan gumbazsimon yoki yarim aylana şaklidagi eşik va oynalar örni ham D. deyiladi.

    Tillakori madrasasi peştoqidagi davrapoya bezagi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАВРАПОЯ — 1) давралар қаторидан тузилган безак, шакл; 2) давра равоқнинг шокиладор бўлакларидан ташкил топган тури. Кириш тоқи (арки)нинг умумий номи. Д. пештоқига жимжимадор безаклар ишланади. Баъзан кунгурали, гулчамбар нусха нақш битилган тоқилар, ён қирралари ва чеккасига безак ишланган гумбазсимон ёки ярим айлана шаклидаги эшик ва ойналар ўрни ҳам Д. дейилади.

    Тиллакори мадрасаси пештоқидаги даврапоя безаги.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.