Debet
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com
Debet (lot. debet — u qarzdor) — ikki tomonlama (öng va çap) jadval körinişidagi buxgalteriya hisob varaqlarining bir (çap) tomoni. Korxonaning pul vositalari va moddiy boyliklari zaxirasi (aktivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning D. tomonida oy boşida boyliklarning mavjudligi (nakdligi) va oy davomida ularning tuşumi körsatiladi. Vositalarning manbalari (passivi) holati va harakati qayd etiladigan hisobvaraqlarning D. tomonida manbalarning kamayişi, mas, korxonadan qarzdorlarning qarzi kamayganligi ifoda etiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЕБЕТ (лот. debet — у қарздор) — икки томонлама (ўнг ва чап) жадвал кўринишидаги бухгалтерия ҳисоб варақларининг бир (чап) томони. Корхонанинг пул воситалари ва моддий бойликлари захираси (активи) ҳолати ва ҳаракати қайд этиладиган ҳисобварақларнинг Д. томонида ой бошида бойликларнинг мавжудлиги (накдлиги) ва ой давомида уларнинг тушуми кўрсатилади. Воситаларнинг манбалари (пассиви) ҳолати ва ҳаракати қайд этиладиган ҳисобварақларнинг Д. томонида манбаларнинг камайиши, мас, корхонадан қарздорларнинг қарзи камайганлиги ифода этилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.