Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Debitor

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 136-b. — ziyouz.com

    Debitor (lot. debitor) — mulk yoki pul qarzi bölgan jismoniy yoki yuridik şaxs, iqtisodiy subyekt. Iqtisodiy xöjalik aloqalarida korxona, firma, kompaniya va b.ga D. — qarzdorlar (boşqa firma, korxona, kompaniya, şuningdek, fuqarolar) tölaşi lozim bölgan qarzlar mikdori de -bitorlik qarzini hosil qiladi. Bunday qarzlar muddatida qaytariladigan va tölaş muddatidan ötib ketgan qarzlarga bölinadi. Öz vaqtida undirib olinmagan qarzlar uni bergan korxona zarariga qöşib yoziladi. Debitorlik qarzlarining öz vaqtida tölanişi bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy intizomning muhim talabidir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕБИТОР (лот. debitor) — мулк ёки пул қарзи бўлган жисмоний ёки юридик шахс, иқтисодий субъект. Иқтисодий хўжалик алоқаларида корхона, фирма, компания ва б.га Д. — қарздорлар (бошқа фирма, корхона, компания, шунингдек, фуқаролар) тўлаши лозим бўлган қарзлар микдори де -биторлик қарзини ҳосил қилади. Бундай қарзлар муддатида қайтариладиган ва тўлаш муддатидан ўтиб кетган қарзларга бўлинади. Ўз вақтида ундириб олинмаган қарзлар уни берган корхона зарарига қўшиб ёзилади. Дебиторлик қарзларининг ўз вақтида тўланиши бозор иқтисодиётидаги молиявий интизомнинг муҳим талабидир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.