Demodulyator
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 179-b. — ziyouz.com
Demodulyator (de... va modulyatsiya) — yuqori çastotali signallarni tok yoki kuçlanişga aylantirib beradigan moslama; radiopriyomnik yoki simli aloqa qabul qilgiçining muhim uzeli. D.da modulyatsiyalovçi çastotalar hosil böliş uçun unda noçiziqli elektr zanjiri yoki parametrlari özgaruvçan zanjir bölişi kerak. Noçiziqli element sifatida lampali yoki yarimötkazgiçli diod yoki triod qöllaniladi. Triod örniga pentod işlatiş ham mumkin.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЕМОДУЛЯТОР (де... ва модуляция) — юқори частотали сигналларни ток ёки кучланишга айлантириб берадиган мослама; радиоприёмник ёки симли алоқа қабул қилгичининг муҳим узели. Д.да модуляцияловчи частоталар ҳосил бўлиш учун унда ночизиқли электр занжири ёки параметрлари ўзгарувчан занжир бўлиши керак. Ночизиқли элемент сифатида лампали ёки яримўтказгичли диод ёки триод қўлланилади. Триод ўрнига пентод ишлатиш ҳам мумкин.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.