Denonsatsiya
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 200-b. — ziyouz.com
Denonsatsiya (frans. denoncer — e'lon qiliş, uziş), denonsatsiya qiliş — xalqaro huqukda ikki tomonlama xalqaro şartnoma amal qilişini töxtatişning yoki köp tomonlama xalqaro şartnomadan çiqişning eng keng tarqalgan usuli. Odatda, şartnomaning özida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oşiriladi. D.ga oid umumiy qoidalar Xalqaro şartnomalar huquqi töğrisidagi 1969 y. Vena konvensiyasida bayon qilingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЕНОНСАЦИЯ (франц. denoncer — эълон қилиш, узиш), денонсация қилиш — халқаро ҳуқукда икки томонлама халқаро шартнома амал қилишини тўхтатишнинг ёки кўп томонлама халқаро шартномадан чиқишнинг энг кенг тарқалган усули. Одатда, шартноманинг ўзида назарда тутилган тартиб ва муддатларда амалга оширилади. Д.га оид умумий қоидалар Халқаро шартномалар ҳуқуқи тўғрисидаги 1969 й. Вена конвенциясида баён қилинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.