Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Deputat

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 202–203-b. — ziyouz.com

    Deputat (lot. deputatus — vakil etilgan) — 1) davlat vakillik organining saylab qöyilgan a'zosi; Özbekiston Respublikasida — xalqning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq D.lari viloyat, tuman va şahar Kengaşlaridagi vakolatli vakili. Ularning maqomi, vakolatlari, D.lik faoliyatining kafolatlari «Özbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi töğrisida» Özbekistan Respublikasining qonunida (1995 y. 6 may) belgilab berilgan (q. Deputatning daxlsizligi, Deputat cypoeu, Deputatlarning fraksiyalari, bloklari va guruhdari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati); 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topşiriqni bajariş uçun vakil qilingan şaxs.

    Q.: Deputatning daxlsizligi

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕПУТАТ (лот. deputatus — вакил этилган) — 1) давлат вакиллик органининг сайлаб қўйилган аъзоси; Ўзбекистон Республикасида — халқнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, халқ Д.лари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларидаги ваколатли вакили. Уларнинг мақоми, ваколатлари, Д.лик фаолиятининг кафолатлари «Ўзбекистон Республикасида депутатларнинг мақоми тўғрисида» Ўзбекистан Республикасининг қонунида (1995 й. 6 май) белгилаб берилган (қ. Депутатнинг дахлсизлиги, Депутат cypoeu, Депутатларнинг фракциялари, блоклари ва гуруҳдари, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг депутати); 2) жамоа (гуруҳ) томонидан бирон-бир топшириқни бажариш учун вакил қилинган шахс.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.