Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Devastatsiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 139-b. — ziyouz.com

    Devastatsiya (lot. devastatio — qiriş) — odam, hayvon va ösimliklarda uçraydigan yuqumli va invazion kasalliklarning qözğatuvçilarini (ularning hamma rivojlaniş davrida) qirib taşlaşga, yöqotişga qaratilgan kompleks çoratadbirlar majmui. D. usullariga degelmintizatsiya, kimyoterapiya, bakteriofagiya, dezinfeksiya, dezinvaziya va b. kiradi. Buning uçun şu kasallik qözğatuvçisiga nisbatan noqulay bölgan (içki va taşki) muhit, şuningdek, mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. D. töla (total) yoki qisman bölişi mumkin.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕВАСТАЦИЯ (лот. devastatio — қириш) — одам, ҳайвон ва ўсимликларда учрайдиган юқумли ва инвазион касалликларнинг қўзғатувчиларини (уларнинг ҳамма ривожланиш даврида) қириб ташлашга, йўқотишга қаратилган комплекс чоратадбирлар мажмуи. Д. усулларига дегельминтизация, кимётерапия, бактериофагия, дезинфекция, дезинвазия ва б. киради. Бунинг учун шу касаллик қўзғатувчисига нисбатан ноқулай бўлган (ички ва ташки) муҳит, шунингдек, механик, физик, кимёвий ва биологик усуллардан фойдаланилади. Д. тўла (тотал) ёки қисман бўлиши мумкин.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.