Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Devizlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 140-b. — ziyouz.com

    Devizlar (frans. devises) — xorijiy banklarga joylaştirilgan va çet elda xorijiy valyutada tölanişi lozim bölgan veksel, ötkazma, çek, akkreditivlar körinişidagi xalqaro tölov vositalari. Keng ma'noda (aksariyat qöllaniladigani ham) çet el valyutasida ifodalangan jami tölov vositalari, ya'ni ham tölov va kredit hujjatlarini, ham çet el valyutasi (banknotalar, qoğoz pul belgilari va tangalar)ni ifodalaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕВИЗЛАР (франц. devises) — хорижий банкларга жойлаштирилган ва чет элда хорижий валютада тўланиши лозим бўлган вексель, ўтказма, чек, аккредитивлар кўринишидаги халқаро тўлов воситалари. Кенг маънода (аксарият қўлланиладигани ҳам) чет эл валютасида ифодаланган жами тўлов воситалари, яъни ҳам тўлов ва кредит ҳужжатларини, ҳам чет эл валютаси (банкноталар, қоғоз пул белгилари ва тангалар)ни ифодалайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.