Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Devonai hisobiy

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 143-b. — ziyouz.com

    Devonai hisobiy (15-a., Xiva, Qoraköl) — sozanda, bastakor, xonanda, şoir. Xöja Ahror taklifiga binoan Qoraköldan Samarqandga köçib kelgan va uning xonaqohida özga hofizlar b-n birgalikda Jaloliddin Rumiy, Qosim Anvar va özining ğazallariga yaratilgan asarlarni kuylagan. Darvişali Çangiyning musiqa risolasida D. H.dan köpgina naqşlar, peşravlar va şe'riy devonlar qolgani ta'kidlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕВОНАИ ҲИСОБИЙ (15-а., Хива, Қоракўл) — созанда, бастакор, хонанда, шоир. Хўжа Аҳрор таклифига биноан Қоракўлдан Самарқандга кўчиб келган ва унинг хонақоҳида ўзга ҳофизлар б-н биргаликда Жалолиддин Румий, Қосим Анвар ва ўзининг ғазалларига яратилган асарларни куйлаган. Дарвишали Чангийнинг мусиқа рисоласида Д. Ҳ.дан кўпгина нақшлар, пешравлар ва шеърий девонлар қолгани таъкидланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.