Deyton
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 165-b. — ziyouz.com
Deyton — AQŞning şim.-şarqiy qismidagi şahar, Ogayo ştatida. Axolisi 166,1 ming kişi (2000, şahar atrofi b-n 950 ming kişi). Transport yöllari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroporti bor. D. kassa apparatlari işlab çiqariladigan eng yirik markaz. Maşinasozlik (jumladan avtomobilsozlik) rivojlangan. Stanoklar, turli hisoblaş texnikalari, aviatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uçun jihozlar, elektr priborlari va b. turli sanoat uskunalari işlab çiqariladi. Metallsozlik, metallurgiya, qoğoz, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa qayta işlanadi. Un-t, aeronavtika tadqiqot markazi, AQŞ harbiy havo bazasi, aviatsiya muzeyi va b. muzeylar bor. Şaharga 1796 y.da asos solingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЕЙТОН — АҚШнинг шим.-шарқий қисмидаги шаҳар, Огайо штатида. Ахолиси 166,1 минг киши (2000, шаҳар атрофи б-н 950 минг киши). Транспорт йўллари тугуни. Халқаро аҳамиятга эга аэропорти бор. Д. касса аппаратлари ишлаб чиқариладиган энг йирик марказ. Машинасозлик (жумладан автомобилсозлик) ривожланган. Станоклар, турли ҳисоблаш техникалари, авиация жиҳозлари, автомобиль эҳтиёт қисмлари, озиқ-овқат ва полиграфия саноати учун жиҳозлар, электр приборлари ва б. турли саноат ускуналари ишлаб чиқарилади. Металлсозлик, металлургия, қоғоз, кимё, полиграфия саноати корхоналари мавжуд. Пластмасса қайта ишланади. Ун-т, аэронавтика тадқиқот маркази, АҚШ ҳарбий ҳаво базаси, авиация музейи ва б. музейлар бор. Шаҳарга 1796 й.да асос солинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.