Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Deyvid Garrik

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 98–99-b. — ziyouz.com

    Garrik Deyvid GARRIK (Garrick) Deyvid (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, Eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida ma'rifiy realizm asosçisi va sahna islohotçilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovçi vosita deb hisoblagan. 1742—76 y.lar «Druri-Leyn» (London) teatrida işlagan. U Şekspir asarlarida boş rollar (Hamlet, Otello va b.)ni öynab şuhrat qozongan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАРРИК (Garrick) Дейвид (1717.19.2, Херефорд — 1779.20.1, Элтрон, Лондон яқинида) — инглиз актёри. Европа театрида маърифий реализм асосчиси ва саҳна ислоҳотчиларидан бири. Театр жамиятни тарбияловчи восита деб ҳисоблаган. 1742—76 й.лар «Друри-Лейн» (Лондон) театрида ишлаган. У Шекспир асарларида бош роллар (Ҳамлет, Отелло ва б.)ни ўйнаб шуҳрат қозонган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.