Dezaktivatsiya
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 155-b. — ziyouz.com
Dezaktivatsiya (dez... va lot. activus — ta'sirçan) — radioaktiv zarralar b-n zaharlangan obyektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-boş, tuproq, bino va inşootlar, texnika, qurol-yaroğlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalaş; ommaviy şikastlaş vositalaridan himoya qilişning bir usuli. Suv maxsus filtrlaş (suziş) qurilmalari b-n, texnika maxsus maşinalar va asboblar yordamida yuvuvçi kimyoviy moddalar b-n D.lanadi va h.k.D. samarasi radiometr b-n tekşirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, duşman yadro quroli işlatganda va b. favqulodda holatlarda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЕЗАКТИВАЦИЯ (дез... ва лот. activus — таъсирчан) — радиоактив зарралар б-н заҳарланган объектлар (сув, озиқ-овқат, кийим-бош, тупроқ, бино ва иншоотлар, техника, қурол-яроғлар)ни радиоактив ифлосликлардан тозалаш; оммавий шикастлаш воситаларидан ҳимоя қилишнинг бир усули. Сув махсус фильтрлаш (сузиш) қурилмалари б-н, техника махсус машиналар ва асбоблар ёрдамида ювувчи кимёвий моддалар б-н Д.ланади ва ҳ.к.Д. самараси радиометр б-н текшириб турилади. Атом электр стяларида, ядро реакторларида фалокат юз берганда, душман ядро қуроли ишлатганда ва б. фавқулодда ҳолатларда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.