Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dezavuirlaş

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 155-b. — ziyouz.com

    Dezavuirlaş (frans. desavover — rad qiliş, ma'qullamaganlikni izhor etiş) — xalqaro huquqda öz vakolatlarini oşirib yuborgan dip-lomatik yoki boşqa rasmiy vakilning xatti-harakatlari yoxud bayonotlariga davlat yoki hukumat boşliğining raddiyasi. Bunda diplomatik vakil topşiriqsiz yoki öziga berilgan vakolatlarga xilof ravişda iş kurganligi bayon qilinadi. Bu b-n davlat dezavuirlangan vakilning xatti-harakatlari va ularning siyosiy, xalqaro-huquqiy oqibatlari uçun özidan mas'uliyatni soqit qiliş maqsadini közlaydi. Dezavuirlangan diplomatik vakil, odatda, öz hukumati tomonidan çaqirib olinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕЗАВУИРЛАШ (франц. desavover — рад қилиш, маъқулламаганликни изҳор этиш) — халқаро ҳуқуқда ўз ваколатларини ошириб юборган дип-ломатик ёки бошқа расмий вакилнинг хатти-ҳаракатлари ёхуд баёнотларига давлат ёки ҳукумат бошлиғининг раддияси. Бунда дипломатик вакил топшириқсиз ёки ўзига берилган ваколатларга хилоф равишда иш курганлиги баён қилинади. Бу б-н давлат дезавуирланган вакилнинг хатти-ҳаракатлари ва уларнинг сиёсий, халқаро-ҳуқуқий оқибатлари учун ўзидан масъулиятни соқит қилиш мақсадини кўзлайди. Дезавуирланган дипломатик вакил, одатда, ўз ҳукумати томонидан чақириб олинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.