Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dezintoksikatsiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 158-b. — ziyouz.com

    Dezintoksikatsiya (dez... va intoksikatsiya) — organizmning zaqarlarni suyultiriş, neytrallaş yoki biror yöl b-n çiqarib yuboriş orqali ularning ğayritabiiy biologik ta'sirini kamaytirib, tuzilmalar va faoliyatga körsatgan zararini bartaraf etişga qaratilgan reaksiyalari majmui. Zaharli moddalar va metabolitlarning organizmdan qay darajada çiqişi (qança, tez yoki suyet) şu moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlariga boğliq. Bunda ayniqsa qrn, jigar, buyrak, öpka, me'da-içak yöllari hamda organizmning öziga xos individual imkoniyatlari katta rol öynaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЕЗИНТОКСИКАЦИЯ (дез... ва интоксикация) — организмнинг зақарларни суюлтириш, нейтраллаш ёки бирор йўл б-н чиқариб юбориш орқали уларнинг ғайритабиий биологик таъсирини камайтириб, тузилмалар ва фаолиятга кўрсатган зарарини бартараф этишга қаратилган реакциялари мажмуи. Заҳарли моддалар ва метаболитларнинг организмдан қай даражада чиқиши (қанча, тез ёки сует) шу модданинг физик-кимёвий хусусиятларига боғлиқ. Бунда айниқса қрн, жигар, буйрак, ўпка, меъда-ичак йўллари ҳамда организмнинг ўзига хос индивидуал имкониятлари катта роль ўйнайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.