Diapazon
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 245-b. — ziyouz.com
Diapazon [yun. dia pason (chordon) — barça (torlar) böylab] — 1) musiqada — soz, xonanda ovozi yoki har bir kuy, qöşiq, umuman barça musiqa asarlarining eng pastki va eng yuqori tovuşlari oraliği, muayyan tovuşqator hajmi. Özbek ommabop kuy va qöşiklari, dömbira, çöpon nayi kabi musiqa çolğulari D.i qisqa (ixçam); maqom, mumtoz çolğu va aşula yöllari, gijjak, rubob, tanbur kabi sozlarniki keng; 2) Kuçma ma'noda — biror narsaning kölami; iste'dod, bilim, ta'limot, tafakkur, faoliyat darajasi, qamrovi körsatkiçi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДИАПАЗОН [юн. dia pason (chordon) — барча (торлар) бўйлаб] — 1) мусиқада — соз, хонанда овози ёки ҳар бир куй, қўшиқ, умуман барча мусиқа асарларининг энг пастки ва энг юқори товушлари оралиғи, муайян товушқатор ҳажми. Ўзбек оммабоп куй ва қўшиклари, дўмбира, чўпон найи каби мусиқа чолғулари Д.и қисқа (ихчам); мақом, мумтоз чолғу ва ашула йўллари, гижжак, рубоб, танбур каби созларники кенг; 2) Кучма маънода — бирор нарсанинг кўлами; истеъдод, билим, таълимот, тафаккур, фаолият даражаси, қамрови кўрсаткичи.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.