Didaktika
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 254–256-b. — ziyouz.com
Didaktika (yun. didaktikos — örga-tuvçi, ta'lim beruvçi) — pedagogikaning tarmoği. Ta'lim nazariyasi b-n şuğullanadi. «D.» atamasi ilk bor Yevropada 17-a.da öqitiş va ta'lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qöllanila boşlagan. Çex pedagogi Ya. A. Komenskiy özining «Buyuk didaktika» asari (1657)da bolalar va ösmirlarni ma'lumotli qiliş va ularga ta'lim berişning didaktik jihatlarini işlab çikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg özining «Nemis öqituvçilarini ma'lumotli qilişga rahbarlik» (1834—35) asarida D.ning ped.da ta'lim nazariyasini bayon etuvçi alohida qism ekanligini ta'kidlagan. Şundan keyin D.ga ta'lim nazariyasi haqidagi fan sifatida qaraş keng yoyildi. 19-a.ning oxiri va 20-a. ning boşlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo böla boşladi.
Hoz. zamon ped.sida D.ga ta'lim va ma'rifat beriş nazariyasi b-n şuğullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Ta'lim mazmunini aniklaş, ta'lim jarayoni qonuniyatlarini oçiş hamda öqitişning eng samarador usul va yöllarini topiş D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilaş, yönalişini aniqlaşda falsafiy-nazariy asosning örni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yönalişini belgilab beruvçi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur ta'limotning ilmiy asoslari puç, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini töğri hamda xolis körsatiş imkoniyatidan mahrum bölgan tarafkaş (tendensioz) qaraş ekanligi ma'lum bölgaç, unga tayaniş mumkin bölmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Çunki olamning yaraliş, rivojlaniş qonuniyatlari, insonning biliş imkoniyatlari, ma'rifatning şaxs kamolotidagi, özini anglaş borasidagi örni singari jihatlar ana şu falsafiy asosga tayanilgandagina tuşunarli tarzda izohlanişi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi ta'lim olamni bilişning vositasi ekanligini, biliş jarayonining çeki yöq, ammo inson bilişi mumkin bölgan bilimlar çeklanganligini körsatişi b-n diqqatga sazovordir.
D. umumiy psixologiya, öqitiş psixologiyasi hamda biliş nazariyasi b-n uzviy boğliq. Bu fanlarning har biri bolaning biliş faoliyati va uni amalga oşiriliş jarayoni töğrisida alohida bilim beradi. Ta'lim mazmuni va usullarini belgilaş borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni öqitiş va uning mazmunini tayin etiş qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida ta'lim va ma'rifat işlarini samarali taşkil etişning umumiy usullarini belgilab berişi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni öqitiş metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib çiqqanligi uçun D.ning tamoyillari ta'lim jarayonida uçraydigan har xil favqulodda hodisalarning öziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
Özbek milliy ped.si tarixida ham D.ning asosiy xususiyatlarini aks ettirişga bağişlangan köpgina tadqiqotlar mavjud. Garçi turkiy mutafakkirlarning asarlarida D. hoz. nom b-n atalmagan bölsada, lekin ular ta'lim jarayonining qonuniyatlarini belgilaşi, uni taşkil etişning yöl-yöriqlarini körsatişi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-Farğoniy, Marğinoniy, Davoniy, Alişer Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning ta'limni uyuştiriş, uning samaradorligini oşiriş, öqitiş jarayonida öqituvçi va öquvçi munosabatlari borasidagi qaraşlari jahon ped. taraqqiyotining öziga xos bosqiçini taşkil etadi. Muayyan yoşdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda öqitişning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan körsatib berilgan bölsa, muallimning özida ezgu insoniy sifatlar bölmasa, bolalarda bunday xislatlarni şakllantiriş mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Marğinoniy esa, bilimlarni özlaştiriş yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, örganilgan tuşunçalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklaş yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan.
Özbek milliy D.sining şakllanişida jadidçilik harakati, xususan, Munavvarqori Abduraşidxonov, Abduqodir Şu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi ma'rifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqiç böldi. 20-a. boşlarida vujudga kelgan jadidçilik turkiy xalqlarning kad. şonu şuxratini tiklaş uçun uni ma'rifatli qilişdan özga yöl yökligini töğri belgiladi. Jahon ped. sining eng sönggi yutuklaridan xabardor bölgan, ayni vaqtda ta'limni taşkil etişda köp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, D.ning metodologik asosi sifatida islomiy e'tiqodni belgilagan jadidlar öqi-tiş borasida yuksak natijalarga erişdilar. Jadid mutafakkirlar ta'limni uyuştirişning amaliy jihatlari b-ngina şuğullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karaşlari ularning köplab pedagogik asarlari, darelik va qöllanmalarida aks etgan.
Turkistonda Okt. töntarişi tufayli qaror topgan şörolar zamonida D. avtoritar ped.ning bir tarmoği sifatida deyarli hamişa tarbiyaga qarşi qöyib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, ta'lim jarayonining mazmunini yangilaşga qobil bölmagan, maktab D.sini mafkura zuğumidan xalos eta olmagan sotsialistok ped. uning taşqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib körsatişga alohida e'tibor berdi. Turli-tuman usullar öylab topildi, köpdan-köp «ilğor» tajribalar yoyildi. Lekin ta'limda kutilgan samaraga erişilmadi.
Özbekiston mustaqillikka eriştandan söng özbek ped. fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda D.ning tamomila yangiça yönalişda taraqqiy etişiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning özgarişi pedagogik tafakkurning soğlomlaşuviga, u esa, öz navbatida, D.ning milliy asoslarda rivojlana boşlaşiga olib keldi. Bunda milliy D.ning asosiy tamoyillarini töğri belgilaş hal qiluvçi ahamiyatga ega. Milliy D.ning asosiy tamoyillaridan biri ta'limning insoniylaşuvidir. Mazkur tamoyil ta'lim jarayoni uçun bilim emas, balki öquvçi şaxsi asosiy kadriyat ekanligini anglatadi. Bunda öquvçi şaxsini şakllantirişga ustuvor örin beriladi. Ta'limning insonparvarlaşuvi tamoyili özbek D.sining asosiy talablaridan bölib, ta'lim mazmönini belgilaş va pedagogik amaliyotni taşkil etişda şaxs ma'naviyatini şakllantirişga yönaltirilgan öquv fanlariga ustuvor ahamiyat berilişini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni öqitişga alohida e'tibor qaratiş yöli b-n bolalarning hissiyotini şakllantirişga erişiş, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptiriş muhimdir. Öquvçi ma'naviyati b-n uning özlaştirişi örtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay iş körgan ped. muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy D. taraqqiyotini ta'minlaydigan tamoyillardan yana biri ta'limning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni urganiş ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oşirilişi kerak. Ta'lim jarayonida öquv predmetlari miqdorini köpaytiriş emas, balki olamni biliş vositasi bölmiş öquv fanlarini imkon qadar umumlaştiriş yölidan boriş lozim. Şuning uçun ham mustaqil Özbekistonning yangilangan öquv rejalarida ta'limning asosiy yetti tarmoği belgilangan bölib, öquv fanlari mikdorini zaruratga qarab özgarib turişi közda tutilgan. Ta'lim jarayonida öquvçilarning alohida jihatlarini hisobga oliş ham D.ning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U öqitiş jarayonini har bir öquvçiga xos xususiyatlarni közda tutgan holda taşkil qilişni taqozo etadi. Ma'lumki, har qanday şaxs muayyan geografik muhitda şakllanadi. Uning tabiatida öşa muhitga xos jihatlar muhrlangan böladi. Şuning uçun ham öqitiş jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga oliş tamoyili ham D.ning zarur talablaridan biridir. ÖzRning «Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi»da mazkur tamoyilga alohida e'tibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi özbek D.sining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil şaxsni tarbiyalaş har qanday ta'lim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Ma'naviyatni şakllantiriş maksad darajasiga kötarilgan şaroitda tarbiyaga ustuvor maqom berilişi tabiiydir. Milliy D. öquvçilarni ta'lim jarayonining iştirokçilarigina emas, balki ijroçilari deb qaraşni ham közda tutadi. Ta'lim öquvçilarning içki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol iştirok etmasalar, heç qanday ijobiy samaraga erişib bölmaydi.
D. ta'lim usullari muammosini ham qamrab oladi. Öqituvçi biror predmet böyiça öquvçilarning tizimli bilim olişini ta'minlaş maqsadi sari intilar ekan, ma'lum işlarning bajariliş namunasini körsatadi. Ayni vaqtda, u ta'limning barça bosqiçlarida uquvçining faolligi va mustaqilligini ta'minlaydi. Öquvçilar öqituvçi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni özlaştiradi. Ularga çuqur va mustaqil özlaştirişlari, örgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qöllaşlari uçun maxsus topşiriklar beriladi.
Ad.: Karimov I., Barkamol avlod Özbekistan taraqqiyotining poydevori, T., 1997; Örta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar, T.: 1996; Hoşimov K., Nişonova S, Inomova M., Pedagogika tarixi, T., 1996; Özbekistan mutafakkirlari ta'limtarbiya qaqida, T., 1995; Yöldoşev J., Mustaqil Özbekiston ta'limi, T., 1997.
Qozoqboy Yöldoşev.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДИДАКТИКА (юн. didaktikos — ўрга-тувчи, таълим берувчи) — педагогиканинг тармоғи. Таълим назарияси б-н шуғулланади. «Д.» атамаси илк бор Европада 17-а.да ўқитиш ва таълим жараёни ҳақида асарлар яратган олимлар томонидан қўлланила бошлаган. Чех педагоги Я. А. Коменский ўзининг «Буюк дидактика» асари (1657)да болалар ва ўсмирларни маълумотли қилиш ва уларга таълим беришнинг дидактик жиҳатларини ишлаб чикди. Немис педагоги А. Дистервег ўзининг «Немис ўқитувчиларини маълумотли қилишга раҳбарлик» (1834—35) асарида Д.нинг пед.да таълим назариясини баён этувчи алоҳида қисм эканлигини таъкидлаган. Шундан кейин Д.га таълим назарияси ҳақидаги фан сифатида қараш кенг ёйилди. 19-а.нинг охири ва 20-а. нинг бошларида Д.га оид махсус монографиялар пайдо бўла бошлади.
Ҳоз. замон пед.сида Д.га таълим ва маърифат бериш назарияси б-н шуғулланадиган алоҳида соҳа сифатида қаралади. Таълим мазмунини аниклаш, таълим жараёни қонуниятларини очиш ҳамда ўқитишнинг энг самарадор усул ва йўлларини топиш Д.нинг асосий муаммоларидир. Д.нинг моҳиятини белгилаш, йўналишини аниқлашда фалсафий-назарий асоснинг ўрни катта. Узоқ вақт мобайнида марксизм-ленинизм Д.нинг тараққиёт йўналишини белгилаб берувчи методологик асос деб қараб келинди. Лекин мазкур таълимотнинг илмий асослари пуч, жамият ва табиат тараққиёти қонуниятларини тўғри ҳамда холис кўрсатиш имкониятидан маҳрум бўлган тарафкаш (тенденциоз) қараш эканлиги маълум бўлгач, унга таяниш мумкин бўлмай қолди. Кейинги вақтда, калом фалсафасига миллий Д.нинг методологик асоси сифатида қаралмоқда. Чунки оламнинг яралиш, ривожланиш қонуниятлари, инсоннинг билиш имкониятлари, маърифатнинг шахс камолотидаги, ўзини англаш борасидаги ўрни сингари жиҳатлар ана шу фалсафий асосга таянилгандагина тушунарли тарзда изоҳланиши мумкинлиги англаб етилди. Калом фалсафаси таълим оламни билишнинг воситаси эканлигини, билиш жараёнининг чеки йўқ, аммо инсон билиши мумкин бўлган билимлар чекланганлигини кўрсатиши б-н диққатга сазовордир.
Д. умумий психология, ўқитиш психологияси ҳамда билиш назарияси б-н узвий боғлиқ. Бу фанларнинг ҳар бири боланинг билиш фаолияти ва уни амалга оширилиш жараёни тўғрисида алоҳида билим беради. Таълим мазмуни ва усулларини белгилаш борасида ҳам мазкур алоқадорлик катта аҳамиятга эга. Д. ҳар қандай алоҳида предметни ўқитиш ва унинг мазмунини тайин этиш қонуниятларини аниқлайдиган фан сифатида таълим ва маърифат ишларини самарали ташкил этишнинг умумий усулларини белгилаб бериши лозим. Айни вақтда, алоҳида предметларни ўқитиш методикаси мактаб амалиётининг аниқ тажрибаларидан келиб чиққанлиги учун Д.нинг тамойиллари таълим жараёнида учрайдиган ҳар хил фавқулодда ҳодисаларнинг ўзига хослигини ҳисобга олган ҳолда тузилади.
Ўзбек миллий пед.си тарихида ҳам Д.нинг асосий хусусиятларини акс эттиришга бағишланган кўпгина тадқиқотлар мавжуд. Гарчи туркий мутафаккирларнинг асарларида Д. ҳоз. ном б-н аталмаган бўлсада, лекин улар таълим жараёнининг қонуниятларини белгилаши, уни ташкил этишнинг йўл-йўриқларини кўрсатиши жиҳатидан беқиёс аҳамиятга эга. Форобий, Беруний, Ибн Сино, Аҳмад ал-Фарғоний, Марғиноний, Давоний, Алишер Навоий, Мунис сингари мутафаккирларнинг таълимни уюштириш, унинг самарадорлигини ошириш, ўқитиш жараёнида ўқитувчи ва ўқувчи муносабатлари борасидаги қарашлари жаҳон пед. тараққиётининг ўзига хос босқичини ташкил этади. Муайян ёшдаги болаларни жамоа тарзида бир жойда ўқитишнинг самарадорлиги илк бор Ибн Сино томонидан кўрсатиб берилган бўлса, муаллимнинг ўзида эзгу инсоний сифатлар бўлмаса, болаларда бундай хислатларни шакллантириш мумкин эмаслиги Навоий асарларида акс этган. Марғиноний эса, билимларни ўзлаштириш юзасидан умумий тавсиялар берибгина қолмай, ўрганилган тушунчаларни болалар хотирасида узоқроқ саклаш юзасидан аниқ методик усуллар ҳам тавсия этган.
Ўзбек миллий Д.сининг шаклланишида жадидчилик ҳаракати, хусусан, Мунавварқори Абдурашидхонов, Абдуқодир Шу курий, А. Ибодиев, М. Беҳбудий, А. Авлоний, С. Саидазизов, Р. Юсуфбеков каби маърифатпарвар-педагогларнинг фаолияти алоҳида муҳим босқич бўлди. 20-а. бошларида вужудга келган жадидчилик туркий халқларнинг кад. шону шухратини тиклаш учун уни маърифатли қилишдан ўзга йўл йўклигини тўғри белгилади. Жаҳон пед. сининг энг сўнгги ютукларидан хабардор бўлган, айни вақтда таълимни ташкил этишда кўп асрлик миллий тажрибаларни ҳисобга олган, Д.нинг методологик асоси сифатида исломий эътиқодни белгилаган жадидлар ўқи-тиш борасида юксак натижаларга эришдилар. Жадид мутафаккирлар таълимни уюштиришнинг амалий жиҳатлари б-нгина шуғулланиб қолмай, унинг назарий масалаларини ҳам тадқиқ этганликлари диққатга сазовордир. Жадидларнинг дидактик карашлари уларнинг кўплаб педагогик асарлари, дарелик ва қўлланмаларида акс этган.
Туркистонда Окт. тўнтариши туфайли қарор топган шўролар замонида Д. авторитар пед.нинг бир тармоғи сифатида деярли ҳамиша тарбияга қарши қўйиб келинди. Миллий тажрибаларга таянмаган, таълим жараёнининг мазмунини янгилашга қобил бўлмаган, мактаб Д.сини мафкура зуғумидан халос эта олмаган социалисток пед. унинг ташқи жиҳатларини пардозлаб, ялтиратиб кўрсатишга алоҳида эътибор берди. Турли-туман усуллар ўйлаб топилди, кўпдан-кўп «илғор» тажрибалар ёйилди. Лекин таълимда кутилган самарага эришилмади.
Ўзбекистон мустақилликка эриштандан сўнг ўзбек пед. фани ва амалиёти миллий асосларга таянган ҳолда Д.нинг тамомила янгича йўналишда тараққий этишига замин ҳозирлади. Ижтимоий онгнинг ўзгариши педагогик тафаккурнинг соғломлашувига, у эса, ўз навбатида, Д.нинг миллий асосларда ривожлана бошлашига олиб келди. Бунда миллий Д.нинг асосий тамойилларини тўғри белгилаш ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Миллий Д.нинг асосий тамойилларидан бири таълимнинг инсонийлашувидир. Мазкур тамойил таълим жараёни учун билим эмас, балки ўқувчи шахси асосий кадрият эканлигини англатади. Бунда ўқувчи шахсини шакллантиришга устувор ўрин берилади. Таълимнинг инсонпарварлашуви тамойили ўзбек Д.сининг асосий талабларидан бўлиб, таълим мазмўнини белгилаш ва педагогик амалиётни ташкил этишда шахс маънавиятини шакллантиришга йўналтирилган ўқув фанларига устувор аҳамият берилишини кузда тутади. Эстетик, бадиий туркумдаги предметларни ўқитишга алоҳида эътибор қаратиш йўли б-н болаларнинг ҳиссиётини шакллантиришга эришиш, уларда ирода хусусиятларини таркиб топтириш муҳимдир. Ўқувчи маънавияти б-н унинг ўзлаштириши ўртасида узвий алоқа борлиги замонавий психология фани томонидан асослаб берилган. Бу ҳолатни ҳисобга олмай иш кўрган пед. муваффақиятсизликка маҳкумдир. Миллий Д. тараққиётини таъминлайдиган тамойиллардан яна бири таълимнинг яхлитлигидир. Дунёдаги нарса-ҳодисалар яхлит ва бир-биридан ажралмаган ҳолда мавжуд экан, уни урганиш ҳам имкон қадар яхлит тарзда амалга оширилиши керак. Таълим жараёнида ўқув предметлари миқдорини кўпайтириш эмас, балки оламни билиш воситаси бўлмиш ўқув фанларини имкон қадар умумлаштириш йўлидан бориш лозим. Шунинг учун ҳам мустақил Ўзбекистоннинг янгиланган ўқув режаларида таълимнинг асосий етти тармоғи белгиланган бўлиб, ўқув фанлари микдорини заруратга қараб ўзгариб туриши кўзда тутилган. Таълим жараёнида ўқувчиларнинг алоҳида жиҳатларини ҳисобга олиш ҳам Д.нинг асосий тамойилларидан саналади. У ўқитиш жараёнини ҳар бир ўқувчига хос хусусиятларни кўзда тутган ҳолда ташкил қилишни тақозо этади. Маълумки, ҳар қандай шахс муайян географик муҳитда шаклланади. Унинг табиатида ўша муҳитга хос жиҳатлар муҳрланган бўлади. Шунинг учун ҳам ўқитиш жараёнида минтақавий хусусиятларни ҳисобга олиш тамойили ҳам Д.нинг зарур талабларидан биридир. ЎзРнинг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури»да мазкур тамойилга алоҳида эътибор қаратилган. Тарбиянинг устуворлиги ҳам бугунги ўзбек Д.сининг асосий тамойилларидан саналади. Комил шахсни тарбиялаш ҳар қандай таълим муассасасининг асосий вазифасига айланди. Маънавиятни шакллантириш максад даражасига кўтарилган шароитда тарбияга устувор мақом берилиши табиийдир. Миллий Д. ўқувчиларни таълим жараёнининг иштирокчиларигина эмас, балки ижрочилари деб қарашни ҳам кўзда тутади. Таълим ўқувчиларнинг ички эҳтиёжига айланмаса, улар бу жараёнда фаол иштирок этмасалар, ҳеч қандай ижобий самарага эришиб бўлмайди.
Д. таълим усуллари муаммосини ҳам қамраб олади. Ўқитувчи бирор предмет бўйича ўқувчиларнинг тизимли билим олишини таъминлаш мақсади сари интилар экан, маълум ишларнинг бажарилиш намунасини кўрсатади. Айни вақтда, у таълимнинг барча босқичларида уқувчининг фаоллиги ва мустақиллигини таъминлайди. Ўқувчилар ўқитувчи раҳбарлигида тажриба ва кузатувлари асосида янги билимларни ўзлаштиради. Уларга чуқур ва мустақил ўзлаштиришлари, ўрганган билимларини амалиётда ижодий қўллашлари учун махсус топшириклар берилади.
Ад.: Каримов И., Баркамол авлод Ўзбекистан тараққиётининг пойдевори, Т., 1997; Ўрта Осиёда педагогик фикр тараққиётидан лавҳалар, Т.: 1996; Ҳошимов К., Нишонова С, Иномова М., Педагогика тарихи, Т., 1996; Ўзбекистан мутафаккирлари таълимтарбия қақида, Т., 1995; Йўлдошев Ж., Мустақил Ўзбекистон таълими, Т., 1997.
Қозоқбой Йўлдошев.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.