Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Dilxiroj»

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268-b. — ziyouz.com

    «Dilxiroj» «DILXIROJ», Dilxaroş (fors. — dilni tirnovçi) — özbek va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Boş ohangi rivojlanişi jarayonida peşrav uslubi yetakçi örin tutadi. D.ning ommabop yallalarga yaqin aşula yöli ham mavjud bölib, Tojikistonda «Siynaxuruş» deb yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yöllariga yaqin. D. rivojining yuqori qismida «Zebo pari» avji işlatilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «ДИЛХИРОЖ», Дилхарош (форс. — дилни тирновчи) — ўзбек ва тожик халқларининг мумтоз рақс куйи. Бош оҳанги ривожланиши жараёнида пешрав услуби етакчи ўрин тутади. Д.нинг оммабоп яллаларга яқин ашула йўли ҳам мавжуд бўлиб, Тожикистонда «Сийнахуруш» деб юритилади. Лад ва куй-оҳанг асослари Бузрук мақоми йўлларига яқин. Д. ривожининг юқори қисмида «Зебо пари» авжи ишлатилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.