Diplomatik agent
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 289-b. — ziyouz.com
Diplomatik agent - davlatlar vakolatxonalarining boşliği, elçisi, elçixona va diplomatik missiya xizmatçisi. 1815 y.dagi Vena konvensiyasiga binoan faqat vakolatxona boşliqlarigina D.a. hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanişi bu tuşunçani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elçixona va missiya xizmatçilari, hamma darajadagi elçilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatçilari, xalqaro taşkilotlarga va konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, şuningdek, bir mamlakatning 2-mamlakatga yuboradigan delegatsiya boşliqlari va a'zolari ham D.a. sanaladigan böldi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДИПЛОМАТИК АГЕНТ - давлатлар ваколатхоналарининг бошлиғи, элчиси, элчихона ва дипломатик миссия хизматчиси. 1815 й.даги Вена конвенциясига биноан фақат ваколатхона бошлиқларигина Д.а. ҳисобланарди. Дипломатиянинг ривожланиши бу тушунчани кенгайтирди. Кейинги вақтларда элчихона ва миссия хизматчилари, ҳамма даражадаги элчилар, ваколатхонанинг дипломатик хизматчилари, халқаро ташкилотларга ва конференцияларга юборилган расмий вакиллар, шунингдек, бир мамлакатнинг 2-мамлакатга юборадиган делегация бошлиқлари ва аъзолари ҳам Д.а. саналадиган бўлди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.