Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Diplopiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 294-b. — ziyouz.com

    Diplopiya (yun.diplos — ikkita va ops — köz) — bir narsaning ustma-ust yoki yonma-yon turgan ikki narsadek bölib körinişi. Közni harakatlantiruvçi muskullarning qisman yoki töliq falajlanişidan kelib çiqadi. Köz kosasida şiş paydo bölib, köz soqqasi börtib çiqişidan ham D. vujudga keladi. D. murakkab oftalmologik asboblar orqali aniqlanadi va uni köz kasalliklari mutaxassisi (vraç-oftalmolog) davolaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДИПЛОПИЯ (юн.diplos — иккита ва ops — кўз) — бир нарсанинг устма-уст ёки ёнма-ён турган икки нарсадек бўлиб кўриниши. Кўзни ҳаракатлантирувчи мускулларнинг қисман ёки тўлиқ фалажланишидан келиб чиқади. Кўз косасида шиш пайдо бўлиб, кўз соққаси бўртиб чиқишидан ҳам Д. вужудга келади. Д. мураккаб офтальмологик асбоблар орқали аниқланади ва уни кўз касалликлари мутахассиси (врач-офтальмолог) даволайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.