Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Diskoteka

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 299–300-b. — ziyouz.com

    Diskoteka (disk va yun. theke — joy) — 1) grammofon plastinka (gramplastinka), kompakt (lazer) disklar (CD) majmui (q. Fonoteka); 2) yoşlar musiqa klubi. Gramplastinka, magnit tasmalariga mexanik tarzda yozilgan ommabop musiqa namunalarini tinglaşga nisbat berilgan. D. dasturini diskjokey (DJ, di-jey) tuzadi va şarhlaydi. D. 1960-y. lar boşida Fransiyada yuzaga kelgan va tez orada butun dunyoda ommaviylaşgan. Özbekistonda D.lar 1970-y.lardan yirik şaharlarda tarqala boşladi.

    Q.: Fonoteka

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДИСКОТЕКА (диск ва юн. theke — жой) — 1) граммофон пластинка (грампластинка), компакт (лазер) дисклар (CD) мажмуи (қ. Фонотека); 2) ёшлар мусиқа клуби. Грампластинка, магнит тасмаларига механик тарзда ёзилган оммабоп мусиқа намуналарини тинглашга нисбат берилган. Д. дастурини дискжокей (DJ, ди-жей) тузади ва шарҳлайди. Д. 1960-й. лар бошида Францияда юзага келган ва тез орада бутун дунёда оммавийлашган. Ўзбекистонда Д.лар 1970-й.лардан йирик шаҳарларда тарқала бошлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.