Diskvalifikatsiya
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 298-b. — ziyouz.com
Diskvalifikatsiya (dis... va kvalifikatsiya) (sportda) — 1) musobaqa qoidalarini texnik jihatdan buzganligi uçun sportçi (yoki jamoa)ni erişgan natijalari, egallagan örni va b.dan mahrum qiliş; 2) sportçini axloqiy normalarni buzganligi yoki sport kvalifikatsiyasi talablariga mos kelmasligi tufayli musobaqalarda qatnaşişdan çetlatiş (ba'zan bundam D. natijasida sportçining unvoni ham bekor qilinadi). D. şartli bölişi mumkin. D. haqidagi qaror sport klublari, jamiyatlari, federatsiyalari va sport qömitalari tomonidan qabul qilinadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДИСКВАЛИФИКАЦИЯ (дис... ва квалификация) (спортда) — 1) мусобақа қоидаларини техник жиҳатдан бузганлиги учун спортчи (ёки жамоа)ни эришган натижалари, эгаллаган ўрни ва б.дан маҳрум қилиш; 2) спортчини ахлоқий нормаларни бузганлиги ёки спорт квалификацияси талабларига мос келмаслиги туфайли мусобақаларда қатнашишдан четлатиш (баъзан бундам Д. натижасида спортчининг унвони ҳам бекор қилинади). Д. шартли бўлиши мумкин. Д. ҳақидаги қарор спорт клублари, жамиятлари, федерациялари ва спорт қўмиталари томонидан қабул қилинади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.