Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Disperslaş

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 306-b. — ziyouz.com

    Disperslaş (lot. dispergo — soça-man, yoyaman) — qattiq jismlar va su-yukliklarni tevarak-atrofdagi muhitda öta maydalab, dispers tizimlar (kukun, suspenziya, emulsiya) hosil qiliş. Suyukdiklarni gazlarda (havoda) D. tözitiş deb, suyuqliklarda D. esa emulsiyalaş deb ataladi. Sanoatda qattiq jismlar har xil konstruksiyali tegirmonlarda, tovuş va ultratovuş vibratorlarida disperslanadi. Suyukliklarni D. uçun har xil gomogenizatorlar (bir jinsli emulsiya hosil qiluvçi apparatlar) qöllaniladi. Lab.lar va dorixonalarda hovonçalar köp işlatiladi. D. sement, pigment, töldirgiç, un, oziq-ovqat va yem-xaşak konsentratlari olişda, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanişda, suyuq va qattiq yoqilğilarni yoqişda va b. köpgina texnologiya jarayonlarida qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДИСПЕРСЛАШ (лот. dispergo — соча-ман, ёяман) — қаттиқ жисмлар ва су-юкликларни теварак-атрофдаги муҳитда ўта майдалаб, дисперс тизимлар (кукун, суспензия, эмульсия) ҳосил қилиш. Суюкдикларни газларда (ҳавода) Д. тўзитиш деб, суюқликларда Д. эса эмульсиялаш деб аталади. Саноатда қаттиқ жисмлар ҳар хил конструкцияли тегирмонларда, товуш ва ультратовуш вибраторларида дисперсланади. Суюкликларни Д. учун ҳар хил гомогенизаторлар (бир жинсли эмульсия ҳосил қилувчи аппаратлар) қўлланилади. Лаб.лар ва дорихоналарда ҳовончалар кўп ишлатилади. Д. цемент, пигмент, тўлдиргич, ун, озиқ-овқат ва ем-хашак концентратлари олишда, заҳарли кимёвий моддалардан фойдаланишда, суюқ ва қаттиқ ёқилғиларни ёқишда ва б. кўпгина технология жараёнларида қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.