Dmitriy Ivanoviç Vişnevetskiy
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 210–211-b. — ziyouz.com
Vişnevetskiy Dmitriy Ivanoviç (?—1563) — knyaz, ukrain magnati. 1550 y.larda Çerkassk va Kanev oqsoqoli (starostasi). Turk va qrimtatar bosqinlaridan saqlaniş uçun Kiçik Xortitsa o.da qasr qurdirgan (1556). Rus qöşinlarining Qrim xonligiga qarşi yurişida qatnaşgan (1558). Moldaviya taxti uçun olib borilgan kuraşga aralaşgan (1563), turklar tomonidan asirga olinib qatl etilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ВИШНЕВЕЦКИЙ Дмитрий Иванович (?—1563) — князь, украин магнати. 1550 й.ларда Черкасск ва Канев оқсоқоли (старостаси). Турк ва қримтатар босқинларидан сақланиш учун Кичик Хортица о.да қаср қурдирган (1556). Рус қўшинларининг Қрим хонлигига қарши юришида қатнашган (1558). Молдавия тахти учун олиб борилган курашга аралашган (1563), турклар томонидан асирга олиниб қатл этилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.