Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dmitriy Petroviç Konovalov

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 562-b. — ziyouz.com

    Konovalov Dmitriy Petroviç (1856.22.3, hoz. Dnepropetrovsk viloyati — 1929.6.1, Leningrad) — rus kimyogari. Akad. (1923 y.dan). Eritmalarning kimyoviy nazariyasi asosçilaridan biri. Petrograd texnologiya in-ti (1915-18), Konçilik in-ti (1918— 22) prof. Petrograd ölçov va oğirliklar Boş palatasi prezidenti va texnologiya in-ti prof. (1922 y.dan). Asosiy i.t.işlari kimyoviy termodinamika va kinetikaga oid. K. eritmalarning gaz va suyuq fazalaridagi komponentlarining nisbiy tarkibi buğ bosimiga hamda ikkita suyuq fazadan iborat sistemalarning qaynaş t-rasiga boğliklik qonunlarini {Konovalov qonunlari) kaşf etgan (1881—84).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНОВАЛОВ Дмитрий Петрович (1856.22.3, ҳоз. Днепропетровск вилояти — 1929.6.1, Ленинград) — рус кимёгари. Акад. (1923 й.дан). Эритмаларнинг кимёвий назарияси асосчиларидан бири. Петроград технология ин-ти (1915-18), Кончилик ин-ти (1918— 22) проф. Петроград ўлчов ва оғирликлар Бош палатаси президенти ва технология ин-ти проф. (1922 й.дан). Асосий и.т.ишлари кимёвий термодинамика ва кинетикага оид. К. эритмаларнинг газ ва суюқ фазаларидаги компонентларининг нисбий таркиби буғ босимига ҳамда иккита суюқ фазадан иборат системаларнинг қайнаш т-расига боғликлик қонунларини {Коновалов қонунлари) кашф этган (1881—84).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.