Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dnepr böyi qirlari

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 324–325-b. — ziyouz.com

    Dnepr böyi qirlari - Ukrai nadagi qirlar, Dnepr va Jan. Bug daryolarining örta oqimlari oraliğida. Eng baland joyi 323 m. Yassi suvayirğiçlar orasida çuqur vodiy va soyliklar bor. D. b.q. zaminidagi qad. kristall jinslar ustini uçlamçi va törtlamçi davr qum, gil, lyoss va lyossimon qumoklar qoplagan. Qirlar serunum qoratuproqli örmondaşt va daşt yerlardir; köp qismida dehqonçilik qilinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДНЕПР БЎЙИ ҚИРЛАРИ - Украи надаги қирлар, Днепр ва Жан. Буг дарёларининг ўрта оқимлари оралиғида. Энг баланд жойи 323 м. Ясси сувайирғичлар орасида чуқур водий ва сойликлар бор. Д. б.қ. заминидаги қад. кристалл жинслар устини учламчи ва тўртламчи давр қум, гил, лёсс ва лёссимон қумоклар қоплаган. Қирлар серунум қоратупроқли ўрмондашт ва дашт ерлардир; кўп қисмида деҳқончилик қилинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.