Dominanta
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 342-b. — ziyouz.com
Dominanta (lot. dominantis — ustuvor) — (musiqada) major-minor tizimidagi tovuşqatorning 5-poğonasi va şu poğonada tuzilgan akkord turi. Y raqami yoki lotinça D harfi b-n belgilanadi. Yevropa köpovozlik tonal musiqasida muhim garmonik funksiya bölib, musiqa bayonining tonika (asosiy tayanç parda) ga intilişini kuçaytiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДОМИНАНТА (лот. dominantis — устувор) — (мусиқада) мажор-минор тизимидаги товушқаторнинг 5-поғонаси ва шу поғонада тузилган аккорд тури. Y рақами ёки лотинча D ҳарфи б-н белгиланади. Европа кўповозлик тонал мусиқасида муҳим гармоник функция бўлиб, мусиқа баёнининг тоника (асосий таянч парда) га интилишини кучайтиради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.