Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Domra

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 350-b. — ziyouz.com

    Domra — rus xalq torli tirnama sozi. Olimlarning taxminlariga köra, turkiy xalqlarning dömbira çolğusi negizida paydo bölgan. Kvarta yoki kvinta böyiça sozlanadi. Ovozi yoqimli, diapazoni 2,5 oktava. Qad. turi 16—17-a.larda skomorox (masxaraboz) lar örtasida keng tarqalgan. 1896—1908 y.lari qayta işlanib, 3 va 4 torli D.lari rus xalq çolğulari orkestri hamda turli ansambllar tarkibiga kiritilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДОМРА — рус халқ торли тирнама сози. Олимларнинг тахминларига кўра, туркий халқларнинг дўмбира чолғуси негизида пайдо бўлган. Кварта ёки квинта бўйича созланади. Овози ёқимли, диапазони 2,5 октава. Қад. тури 16—17-а.ларда скоморох (масхарабоз) лар ўртасида кенг тарқалган. 1896—1908 й.лари қайта ишланиб, 3 ва 4 торли Д.лари рус халқ чолғулари оркестри ҳамда турли ансамбллар таркибига киритилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.