Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Döng qumlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 434-b. — ziyouz.com

    Döng qumlar — ösimliklar b-n mustahkamlangan yoki çala mustahkamlangan aylana yoki uzunçoq şakldagi qum uyumlari. D. q. soçiluvçan («töp kumlar») va ziçlangan qumlarga bölinadi. D. q. ayniqsa Markaziy Osiyo çöllarida, köpinça çuçuk yoki şörtob yer osti suvlari 3 m dan 5 m gaça çukurlikda bölgan joylarda vujudga keladi. Örta Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Qoraqalpoq çölida köproq uçraydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДЎНГ ҚУМЛАР — ўсимликлар б-н мустаҳкамланган ёки чала мустаҳкамланган айлана ёки узунчоқ шаклдаги қум уюмлари. Д. қ. сочилувчан («тўп кумлар») ва зичланган қумларга бўлинади. Д. қ. айниқса Марказий Осиё чўлларида, кўпинча чучук ёки шўртоб ер ости сувлари 3 м дан 5 м гача чукурликда бўлган жойларда вужудга келади. Ўрта Осиёда Қизилқум, Қорақум, Қорақалпоқ чўлида кўпроқ учрайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.