Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Drena

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 388-b. — ziyouz.com

    Drena (ing. drain — quritmoq, zax qoçirmoq) — tuproq-gruntdagi ortiqça suvlarini yiğiş va çiqarib taşlaş hamda tuproq aeratsiyasini yaxşilaş uçun quriladigan yopiq kanal (quvur). D. kollektor-drenaj tarmoğining suv sathini tartibga soliş qismidagi birlamçi böğindir. Doimiy yoki muvaqqat böladi. Doimiy D. muntazam drenaj uçun, muvaqqati esa yer şörini yuviş davrida quriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДРЕНА (инг. drain — қуритмоқ, зах қочирмоқ) — тупроқ-грунтдаги ортиқча сувларини йиғиш ва чиқариб ташлаш ҳамда тупроқ аэрациясини яхшилаш учун қуриладиган ёпиқ канал (қувур). Д. коллектор-дренаж тармоғининг сув сатҳини тартибга солиш қисмидаги бирламчи бўғиндир. Доимий ёки муваққат бўлади. Доимий Д. мунтазам дренаж учун, муваққати эса ер шўрини ювиш даврида қурилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.