Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dubletlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 393-b. — ziyouz.com

    Dubletlar (frans. doublet — ikkilanma, qöş), spektral dubletlar — energiya sathining ikkiga ajralişi natijasida hosil böladigan, bir-biriga yaqin joylaşgan spektr çiziqlar guruhi. Bitta taşqi elektronli atomlar (yoki ionlar) spektrlarida kuzatiladi. D. asosan işkrrli metallarning atom spektrlariga tegişli; ularning atom spektrlari çiziqli, ya'ni har biri atom elektron qobiqlari orasidagi ötiş energiyasiga mos çiziqlardan iborat böladi. D. orbital momentning elektron spini b-n ta'sirlaşuvi natijasida holat energiyasi ikki taşkil etuvçiga ajralişidan hosil böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДУБЛЕТЛАР (франц. doublet — иккиланма, қўш), спектрал дублетлар — энергия сатҳининг иккига ажралиши натижасида ҳосил бўладиган, бир-бирига яқин жойлашган спектр чизиқлар гуруҳи. Битта ташқи электронли атомлар (ёки ионлар) спектрларида кузатилади. Д. асосан ишкррли металларнинг атом спектрларига тегишли; уларнинг атом спектрлари чизиқли, яъни ҳар бири атом электрон қобиқлари орасидаги ўтиш энергиясига мос чизиқлардан иборат бўлади. Д. орбитал моментнинг электрон спини б-н таъсирлашуви натижасида ҳолат энергияси икки ташкил этувчига ажралишидан ҳосил бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.