Dunyo vaqti
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 405–406-b. — ziyouz.com
Dunyo vaqti — boşlanğiç meridianning örtaça Quyoş vaqti. Boşlanğiç meridian qilib şartli ravişda Grinviç (Buyuk Britaniya) rasadxonasidagi meridian olinadi. D. v. yarim tundan hisoblanadi va Toşkent vaqtidan 5 soat keç böladi (mas, Toşkentda soat 17 bölganda D. v. 12 böladi). Astronomik yillik jurnal va taqvimlarda astronomik hodisalarning yuz beradigan payti D. v.da beriladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДУНЁ ВАҚТИ — бошланғич меридианнинг ўртача Қуёш вақти. Бошланғич меридиан қилиб шартли равишда Гринвич (Буюк Британия) расадхонасидаги меридиан олинади. Д. в. ярим тундан ҳисобланади ва Тошкент вақтидан 5 соат кеч бўлади (мас, Тошкентда соат 17 бўлганда Д. в. 12 бўлади). Астрономик йиллик журнал ва тақвимларда астрономик ҳодисаларнинг юз берадиган пайти Д. в.да берилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.