Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Dunyoviy çiziq

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 406-b. — ziyouz.com

    Dunyoviy çiziq - nisbiylik nazariyasida tört ölçovli fazoda moddiy zarraning harakati trayektoriyasini ifodalovçi çiziq. Tört ölçovli fazo koordinatalari (x, u, z) ga vaqt koordinatasi (?) ham qöşiladi. Tört ölçovli fazoda har qanday zarra harakatini öziga mos D. ç. b-n soliştiriş mum-kin. Bu çiziqda yotgan nuqta (dunyoviy nuqta) vaqt oraliğida zarra harakati koordinatasini ifodalaydi. Xususiy holda zarraning tekis va töğri çiziqli harakatiga töğri D. ç. mos keladi. D. ç. tuşunçasidan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasida keng foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДУНЁВИЙ ЧИЗИҚ - нисбийлик назариясида тўрт ўлчовли фазода моддий зарранинг ҳаракати траекториясини ифодаловчи чизиқ. Тўрт ўлчовли фазо координаталари (х, у, z) га вақт координатаси (?) ҳам қўшилади. Тўрт ўлчовли фазода ҳар қандай зарра ҳаракатини ўзига мос Д. ч. б-н солиштириш мум-кин. Бу чизиқда ётган нуқта (дунёвий нуқта) вақт оралиғида зарра ҳаракати координатасини ифодалайди. Хусусий ҳолда зарранинг текис ва тўғри чизиқли ҳаракатига тўғри Д. ч. мос келади. Д. ч. тушунчасидан махсус ва умумий нисбийлик назариясида кенг фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.