Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Durda

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 417-b. — ziyouz.com

    Durda — 1) sariyoğ eritilganda hosil böladigan quyqa jizza; 2) sariyoğga qatiq qöşib tayyorlanadigan tamaddi; sariyoğni past olovda qizdirib, unga qatiq va tuz solib qaynatiladi. Tayyor bölgaç, durdaning ustki qismi tilla rangda qumoq-qumoq bölib qoladi, tagida esa jigarrang jizza hosil böladi. D. nordonroq, yoqimli va mazali bölib, nonga qöşib iste'mol qilinadi, ba'zida taomlarga ham qöşiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДУРДА — 1) сариёғ эритилганда ҳосил бўладиган қуйқа жизза; 2) сариёғга қатиқ қўшиб тайёрланадиган тамадди; сариёғни паст оловда қиздириб, унга қатиқ ва туз солиб қайнатилади. Тайёр бўлгач, дурданинг устки қисми тилла рангда қумоқ-қумоқ бўлиб қолади, тагида эса жигарранг жизза ҳосил бўлади. Д. нордонроқ, ёқимли ва мазали бўлиб, нонга қўшиб истеъмол қилинади, баъзида таомларга ҳам қўшилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.