Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Eksport krediti

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 50–51-b. — ziyouz.com

    Eksport krediti — eksportni rağbatlantiriş vositasi sifatida öz mamlakatidan tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar sotib olişni moliyalaştiriş maqsadlarida xaridorga yoki unga xizmat körsatadigan bankka beriladigan kreditlar; firmaning E.k. eksportyor nomidan taqdim etiladi, lekin bank tomonidan moliyalanmaydi. Bank E.k. xorijiy xaridorlarga bevosita banklar tomonidan beriladi. Davlat E.k.ning xususiy banklar va xalqaro taşkilotlarning kreditlari bilan qöşilgan holda beriladigan körinişlari ham bor. Mustaqillik yillarida Özbekistonda Kökdumaloq neftgazkondensat konini özlaştiriş, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi, Şörtan gazkimyo majmui kabi korxonalar qurilişiga AQŞ, Fransiya, Yaponiya va boşqalar davlatlarning eksportimport banklari katta mikdorda E.k.lari ajratgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭКСПОРТ КРЕДИТИ — экспортни рағбатлантириш воситаси сифатида ўз мамлакатидан товарлар ва хизматлар, технологиялар сотиб олишни молиялаштириш мақсадларида харидорга ёки унга хизмат кўрсатадиган банкка бериладиган кредитлар; фирманинг Э.к. экспортёр номидан тақдим этилади, лекин банк томонидан молияланмайди. Банк Э.к. хорижий харидорларга бевосита банклар томонидан берилади. Давлат Э.к.нинг хусусий банклар ва халқаро ташкилотларнинг кредитлари билан қўшилган ҳолда бериладиган кўринишлари ҳам бор. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда Кўкдумалоқ нефтьгазконденсат конини ўзлаштириш, Бухоро нефтни қайта ишлаш заводи, Шўртан газкимё мажмуи каби корхоналар қурилишига АҚШ, Франция, Япония ва бошқалар давлатларнинг экспортимпорт банклари катта микдорда Э.к.лари ажратган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.