Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ekstrazonal ösimliklar

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 54-b. — ziyouz.com

    Ekstrazonal ösimliklar (lot — öta va yun. — mintaqa) — özi hosil qilgan ösimlik mintaqasidan, ya'ni özining asosiy arealidan taşqarida joylaşgan tabiiy ösimliklar. E.ö. özi uçun ekologik jihatdan eng qulay bölgan hududlarda alohida orollar holida uçraydi. E.ö.ga çöl zonasida alohida orollar hosil qiladigan eman örmonlari, jan. tayga mintaqasidagi keng bargli örmonlar, çöl mintaqasidagi ötloqlar kiradi. Ba'zan E.ö. areali qisqarib borayotgan mintaqaviy relekt hisoblanadi (mas, tundra mintaqasidagi örmon orollari).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭКСТРАЗОНАЛ ЎСИМЛИКЛАР (лот — ўта ва юн. — минтақа) — ўзи ҳосил қилган ўсимлик минтақасидан, яъни ўзининг асосий ареалидан ташқарида жойлашган табиий ўсимликлар. Э.ў. ўзи учун экологик жиҳатдан энг қулай бўлган ҳудудларда алоҳида ороллар ҳолида учрайди. Э.ў.га чўл зонасида алоҳида ороллар ҳосил қиладиган эман ўрмонлари, жан. тайга минтақасидаги кенг баргли ўрмонлар, чўл минтақасидаги ўтлоқлар киради. Баъзан Э.ў. ареали қисқариб бораётган минтақавий релект ҳисобланади (мас, тундра минтақасидаги ўрмон ороллари).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.