Ekzotermik reaksiyalar
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 34-b. — ziyouz.com
Ekzotermik reaksiyalar — issiqlik ajralişi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar. Yoqilğining yoniş jarayoni, neytrallaniş reaksiyalari, oddiy moddalardan murakkab kimyoviy birikmalar hosil bölişidagi köpçilik reaksiyalar va boşqalar E. r. böladi. Biror reaksiya jarayonida ajralayotgan issiqlik miqdori modda tabiatigagina emas, boşlanğiç modda bilan reaksiya mahsulotlarining agregat holatiga hamda reaksiyaning ötkaziliş şaroiti —tra, reaksiya paytidagi hajm özgarişi va boşqalarga ham boğliq.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭКЗОТЕРМИК РЕАКЦИЯЛАР — иссиқлик ажралиши билан борадиган кимёвий реакциялар. Ёқилғининг ёниш жараёни, нейтралланиш реакциялари, оддий моддалардан мураккаб кимёвий бирикмалар ҳосил бўлишидаги кўпчилик реакциялар ва бошқалар Э. р. бўлади. Бирор реакция жараёнида ажралаётган иссиқлик миқдори модда табиатигагина эмас, бошланғич модда билан реакция маҳсулотларининг агрегат ҳолатига ҳамда реакциянинг ўтказилиш шароити —тра, реакция пайтидаги ҳажм ўзгариши ва бошқаларга ҳам боғлиқ.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.