Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Elektrokar

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 81-b. — ziyouz.com

    Elektrokar (elektro.. va ing. sag — arava) — akkumulyatorlar batareyasadan tok olib işlaydigan ğildirakli (relssiz) öziyurar ixçam yuk maşinasi. E. şassi, akkumulyatorlar batareyasi, kuç va kommutatsiya elektr jihozlari va tortiş elektr dvigatelidan iborat. Tezligi — 20 km/soat gaça. Unda 100 t gaça yuk taşiş mumkin. E.ning platformasi kötaribtuşiriladigan va kötarilmaydigan turlari bor. Uni haydovçi örindiqqa ötirib yoki tik turgan holda boşqaradi.

    E. sanoat korxonalari, savdo tarmoqlari, t. yil st-yalari, dengiz portlari va aeroportlarda işlatiladi. E.ning dasturli (kompyuter orqali) boşqariladigan (haydovçisiz) turlari ham yaratilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭЛЕКТРОКАР (электро.. ва инг. саг — арава) — аккумуляторлар батареясадан ток олиб ишлайдиган ғилдиракли (рельссиз) ўзиюрар ихчам юк машинаси. Э. шасси, аккумуляторлар батареяси, куч ва коммутация электр жиҳозлари ва тортиш электр двигателидан иборат. Тезлиги — 20 км/соат гача. Унда 100 т гача юк ташиш мумкин. Э.нинг платформаси кўтарибтушириладиган ва кўтарилмайдиган турлари бор. Уни ҳайдовчи ўриндиққа ўтириб ёки тик турган ҳолда бошқаради.

    Э. саноат корхоналари, савдо тармоқлари, т. йил ст-ялари, денгиз портлари ва аэропортларда ишлатилади. Э.нинг дастурли (компьютер орқали) бошқариладиган (ҳайдовчисиз) турлари ҳам яратилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.