Elektromagnit tebranişlar
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85-b. — ziyouz.com
Elektromagnit tebranişlar — elektromagnit maydonni hosil qiluvçi elektr va magnit maydonlarning özaro boğlangan takrorlanuvçan özgarişlari. Tebraniş konturida hosil qilinadi. Tebraniş konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik ğaltagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va ğaltakda tokning erkin tebranişlari yuzaga keladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭЛЕКТРОМАГНИТ ТЕБРАНИШЛАР — электромагнит майдонни ҳосил қилувчи электр ва магнит майдонларнинг ўзаро боғланган такрорланувчан ўзгаришлари. Тебраниш контурида ҳосил қилинади. Тебраниш контуридаги дастлаб зарядланган конденсатор қопламалари индуктивлик ғалтаги орқали уланса, контурда конденсатор зарядининг ва ғалтакда токнинг эркин тебранишлари юзага келади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.