Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Elektrosintez

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 95–96-b. — ziyouz.com

    Elektrosintez (elektro... va yun.— birikiş) — turli kimyoviy birikmalarni elektrolizlab oliş usuli. Anorganik va organik birikmalarni sintezlaş uçun elektrokimyoviy oksidlanişdagi anod reaksiyasidan ham, elektrokimyoviy qaytarilişdagi katod reaksiyasidan ham foydalaniladi. Elektrokimyoviy oksidlaniş va qaytarilişga uçraydigan moddaning kimyoviy tabiati, elektroliz mahsulotlari va elektrod materiali xususiyati hamda bir qator boşqa omillarga köra, E. reaksiyasi 2 xil jarayonda ötadi. 1jarayonda dastlabki birikma elektronlarni bevosita beriş yoki biriktiriş yöli bilan oksidlanadi yoki qaytariladi. 2jarayonda oksidlaniş yoki qaytariliş elektrokimyoviy reaksiyalari natijasida elektrod sirtida dastlabki hosil bölgan agentlar hisobiga amalga oşadi.

    Kimyo sanoatida turli anorganik birikmalar, asosan, oksidlovçilar muhim ahamiyatga ega. Elektrokimyoviy sintez usuli farmatsevtik preparatlar, fotografiya materiallari, vitaminlar, xuşböy moddalar, monomerlar olişda keng qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭЛЕКТРОСИНТЕЗ (электро... ва юн.— бирикиш) — турли кимёвий бирикмаларни электролизлаб олиш усули. Анорганик ва органик бирикмаларни синтезлаш учун электрокимёвий оксидланишдаги анод реакциясидан ҳам, электрокимёвий қайтарилишдаги катод реакциясидан ҳам фойдаланилади. Электрокимёвий оксидланиш ва қайтарилишга учрайдиган модданинг кимёвий табиати, электролиз маҳсулотлари ва электрод материали хусусияти ҳамда бир қатор бошқа омилларга кўра, Э. реакцияси 2 хил жараёнда ўтади. 1жараёнда дастлабки бирикма электронларни бевосита бериш ёки бириктириш йўли билан оксидланади ёки қайтарилади. 2жараёнда оксидланиш ёки қайтарилиш электрокимёвий реакциялари натижасида электрод сиртида дастлабки ҳосил бўлган агентлар ҳисобига амалга ошади.

    Кимё саноатида турли анорганик бирикмалар, асосан, оксидловчилар муҳим аҳамиятга эга. Электрокимёвий синтез усули фармацевтик препаратлар, фотография материаллари, витаминлар, хушбўй моддалар, мономерлар олишда кенг қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.