Emil Dyurkxeym
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 430-b. — ziyouz.com
Dyurkxeym Emil DYURKXEYM (Durkheim) Emil (1858.15.4, Epinal - 1917.15.11, Parij) — fransuz sotsiologi, fransuz sotsiologik maktabi asosçisi. Individualpsixologik va biologik yönalişlarga qarşi çiqqan, jamiyatga individlar majmui bölmagan reallik deb qaragan. Ayni vaqtda jamiyatda «kollektiv ong»ning hal qiluvçi rolini alohida körsatgan. Mehnat taqsimotini ijtimoiy birdamlikning asosi deb hisoblab, ijtimoiy nizolarni jamiyat illati deb talqin qilgan. Asosiy asarlari: «Ijtimoiy mehnat taqsimoti haqida» (1893), «Öz-özini öldiriş» (1897), «Diniy hayotning oddiy şakllari» (1912).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ДЮРКХЕЙМ (Durkheim) Эмиль (1858.15.4, Эпиналь - 1917.15.11, Париж) — француз социологи, француз социологик мактаби асосчиси. Индивидуалпсихологик ва биологик йўналишларга қарши чиққан, жамиятга индивидлар мажмуи бўлмаган реаллик деб қараган. Айни вақтда жамиятда «коллектив онг»нинг ҳал қилувчи ролини алоҳида кўрсатган. Меҳнат тақсимотини ижтимоий бирдамликнинг асоси деб ҳисоблаб, ижтимоий низоларни жамият иллати деб талқин қилган. Асосий асарлари: «Ижтимоий меҳнат тақсимоти ҳақида» (1893), «Ўз-ўзини ўлдириш» (1897), «Диний ҳаётнинг оддий шакллари» (1912).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.