Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Emissiya

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 125-b. — ziyouz.com

    Emissiya (lot. — çiqarmoq, işlab çiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barça şakllardagi pul belgilari va qimmatli qoğozlar çiqariş. Pul E.sini davlatning markaziy (emissiya) banklari amalga oşiradi. Pul E.si pul belgilarini bosib çiqarişnigina emas, muomaladagi naqd va naqd bölmagan pul massasining köpayişini ham bildiradi. Qimmatli qoğozlarni davlat, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari çiqaradi. Muomalaga pul va qimmatli qoğozlar çiqargan har qanday organ yoki taşkilot (davlat banki, moliyakredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭМИССИЯ (лот. — чиқармоқ, ишлаб чиқармоқ) — муомалага банк билетлари, барча шакллардаги пул белгилари ва қимматли қоғозлар чиқариш. Пул Э.сини давлатнинг марказий (эмиссия) банклари амалга оширади. Пул Э.си пул белгиларини босиб чиқаришнигина эмас, муомаладаги нақд ва нақд бўлмаган пул массасининг кўпайишини ҳам билдиради. Қимматли қоғозларни давлат, банклар, акциядорлик жамиятлари чиқаради. Муомалага пул ва қимматли қоғозлар чиқарган ҳар қандай орган ёки ташкилот (давлат банки, молиякредит муассасаси, корхона, компания) эмитент деб номланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.