Emotivizm
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 126-b. — ziyouz.com
Emotivizm (ing. — hissiyot tuğdiruvçi) — mantiqiy pozitivizmning axloq nazariyasi; axloq haqidagi mulohaza va tuşunçalarni çin ham, yolğon ham deb bölmaydi, ularda ma'rifiy mazmun yöq, ular ma'naviy hissiyotlarni ifoda etiş va bunday hissiyotlar tuğdiriş uçun xizmat qiladi, deb uqtiradi. Axloq tuşunçalarining obyektiv ahamiyatini inkor etadi. Bu nazariya 20-asrning 20—30-y. larida paydo bölgan. Asosiy vakillari — A.Ayer (1910—89), R.Karnap (1891- 1970) va boşqalar.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭМОТИВИЗМ (инг. — ҳиссиёт туғдирувчи) — мантиқий позитивизмнинг ахлоқ назарияси; ахлоқ ҳақидаги мулоҳаза ва тушунчаларни чин ҳам, ёлғон ҳам деб бўлмайди, уларда маърифий мазмун йўқ, улар маънавий ҳиссиётларни ифода этиш ва бундай ҳиссиётлар туғдириш учун хизмат қилади, деб уқтиради. Ахлоқ тушунчаларининг объектив аҳамиятини инкор этади. Бу назария 20-асрнинг 20—30-й. ларида пайдо бўлган. Асосий вакиллари — А.Айер (1910—89), Р.Карнап (1891- 1970) ва бошқалар.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.