Empiriokrititsizm
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 127-b. — ziyouz.com
Empiriokrititsizm (yun. — tajriba va — tanqid) — falsafiy oqim. Asosçisi — R.Avenarius, E.Max. 19-asr oxiri — 20-asr boşida paydo bölgan. E.ning asosiy mohiyati biliş jarayonida tajriba usullarini rad etişdir. E. borliqni «betaraf elementlar», ya'ni sezgilar majmuidan iborat, deb hisoblaydi. Bunda tajriba sezgilardan iborat bölib, substansiya, materiya sababiyat va subyektdan taşqarida mavjud böladi. E. obyektiv olamning mustaqil mavjudligini rad etadi, uni faqat hissiyotlarga boğlab qöyadi, «sof tajriba»ni tarğib qiladi. Hoz. vaqtda E. nepozitivizm tomonidan qöllab quvvatlanmoqda.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭМПИРИОКРИТИЦИЗМ (юн. — тажриба ва — танқид) — фалсафий оқим. Асосчиси — Р.Авенариус, Э.Мах. 19-аср охири — 20-аср бошида пайдо бўлган. Э.нинг асосий моҳияти билиш жараёнида тажриба усулларини рад этишдир. Э. борлиқни «бетараф элементлар», яъни сезгилар мажмуидан иборат, деб ҳисоблайди. Бунда тажриба сезгилардан иборат бўлиб, субстанция, материя сабабият ва субъектдан ташқарида мавжуд бўлади. Э. объектив оламнинг мустақил мавжудлигини рад этади, уни фақат ҳиссиётларга боғлаб қўяди, «соф тажриба»ни тарғиб қилади. Ҳоз. вақтда Э. непозитивизм томонидан қўллаб қувватланмоқда.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.