Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Enteroviruslar

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 146-b. — ziyouz.com

    Enteroviruslar (içak viruslari) — odam va umurtqali hayvonlarning me'daiçak yölida böladigan, özida r-nK (ribonuklein kislotalar) saqlaydigan viruslar turkumi. Içak, markaziy nerv sistemasi, yurak va boşqalar a'zolarning zararlanişi bilan keçadigan turli kasalliklarga sabab böladi. E.ga poliomiyelit virusi, Koksaki viruslari va ekxoviruslar kiradi. E.ning yangi turlari (mas, E.70, odamning köz konyunktivasini zararlaydi) kaşf etilgan. E. taşqi muhitda uzoq vaqt yaşaş qobiliyatini saqlaydi, kislotaga çidamli.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭНТЕРОВИРУСЛАР (ичак вируслари) — одам ва умуртқали ҳайвонларнинг меъдаичак йўлида бўладиган, ўзида р-нК (рибонуклеин кислоталар) сақлайдиган вируслар туркуми. Ичак, марказий нерв системаси, юрак ва бошқалар аъзоларнинг зарарланиши билан кечадиган турли касалликларга сабаб бўлади. Э.га полиомиелит вируси, Коксаки вируслари ва экховируслар киради. Э.нинг янги турлари (мас, Э.70, одамнинг кўз конъюнктивасини зарарлайди) кашф этилган. Э. ташқи муҳитда узоқ вақт яшаш қобилиятини сақлайди, кислотага чидамли.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.