Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Epiblema

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 155-b. — ziyouz.com

    Epiblema (yun. — qoploğiç, qoplaş), rizoderma — ildizning bir qavat joylaşgan hujayralardan iborat birlamçi söruvçi töqimasi. Ösadigan ildizda dermatogen hisobidan ösiş konusi yaqinida hosil böladi. S. hujayralari (trixoblastlar) ildizning şimuvçi qismi yuzasini kengaytiradigan ösimtalar — ildiz tukçalarini hosil qiladi; ösimlikni tuproqda uşlab turadi; şuningdek, tuproqdagi moddalarga ta'sir qiladigan bir qança organik kislotalar ajratadi. E. ildizning moddalarni tuproqdan tanlab sörib oladigan dastlabki tösiq töqimasi hisoblanadi. E. qisqa yaşaydi; uning örniga ösayotgan ildizda E.ning yangi qismlari paydo böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭПИБЛЕМА (юн. — қоплоғич, қоплаш), ризодерма — илдизнинг бир қават жойлашган ҳужайралардан иборат бирламчи сўрувчи тўқимаси. Ўсадиган илдизда дерматоген ҳисобидан ўсиш конуси яқинида ҳосил бўлади. С. ҳужайралари (трихобластлар) илдизнинг шимувчи қисми юзасини кенгайтирадиган ўсимталар — илдиз тукчаларини ҳосил қилади; ўсимликни тупроқда ушлаб туради; шунингдек, тупроқдаги моддаларга таъсир қиладиган бир қанча органик кислоталар ажратади. Э. илдизнинг моддаларни тупроқдан танлаб сўриб оладиган дастлабки тўсиқ тўқимаси ҳисобланади. Э. қисқа яшайди; унинг ўрнига ўсаётган илдизда Э.нинг янги қисмлари пайдо бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.