Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Erebus

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 180-b. — ziyouz.com

    Erebus — Antarktidaning ğarbiy qismidagi harakatdagi vulkan, Ross o.da. Bal. 3794 m. Bazalt jinslardan tuzilgan. Kalderasida fumarol va geyzerlar bor. 1841 yilda qutb tadqiqotçisi E. Ross rahbarligidagi ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kaşf etilgan va ekspeditsiya kemalaridan birining nomi bilan E. deb atalgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭРЕБУС — Антарктиданинг ғарбий қисмидаги ҳаракатдаги вулкан, Росс о.да. Бал. 3794 м. Базальт жинслардан тузилган. Кальдерасида фумарол ва гейзерлар бор. 1841 йилда қутб тадқиқотчиси Э. Росс раҳбарлигидаги инглиз экспедицияси томонидан кашф этилган ва экспедиция кемаларидан бирининг номи билан Э. деб аталган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.