Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Eskadron

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 214-b. — ziyouz.com

    Eskadron (frans.) — 1) 20-asr örtalariga qadar muntazam kavaleriyadagi taktik bölinma; 2—4 vzvoddan iborat bölgan; kazaklar otliq qöşinida sotnya deb atalgan. Turli davlatlar armiyalarida E. 120—200 kişidan taşkil topgan. 4—6 ta E.dan kavaleriya polki tuzilgan; 2) ayrim xorijiy davlatlar (mas, Buyuk Britaniya) qurolli kuçlarida tank polkidagi taktik bölinma (101 kişi); boşqaruv guruhi, 4 tank va xizmat körsatiş vzvodlaridan iborat. Tank polkida, şuningdek, ştab E.i (100 kişi) va xizmat körsatiş E.i (111 kişi) ham mavjud.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭСКАДРОН (франц.) — 1) 20-аср ўрталарига қадар мунтазам кавалериядаги тактик бўлинма; 2—4 взводдан иборат бўлган; казаклар отлиқ қўшинида сотня деб аталган. Турли давлатлар армияларида Э. 120—200 кишидан ташкил топган. 4—6 та Э.дан кавалерия полки тузилган; 2) айрим хорижий давлатлар (мас, Буюк Британия) қуролли кучларида танк полкидаги тактик бўлинма (101 киши); бошқарув гуруҳи, 4 танк ва хизмат кўрсатиш взводларидан иборат. Танк полкида, шунингдек, штаб Э.и (100 киши) ва хизмат кўрсатиш Э.и (111 киши) ҳам мавжуд.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.